SARF ASOSLARI

Bismillahir rohmanir rohim
KITOB MUQADDIMASI
Sarf ilmiga oid o‘zbek tilida yozilgan manfaatli kitoblar bisyor. Mualliflarning bu xizmatlarini Alloh qabul qilsin va ko‘plab ajrsavoblar bersin! Biz ham shu ilm karvoniga qo‘shilib, ushbu buyuk til ilmiga xizmat bo‘lsin degan niyatda “Sarf asoslari” risolasini yozishga kirishdik. “Sarf asoslari” arab tiliga “بِنْيَةُ الصَّرْفِ — Binyatus sarf” deb tarjima qilinadi.
“Sarf asoslari” qo‘llanmasida sarf fanini o‘rgatishda yangi uslubdan foydalanilgan va yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan. Kitob to‘rt bobdan iborat bo‘lib, birinchi bob “Sarf faniga kirish” deb nomlanadi. Bu bobda sarf fani haqida tushunchalar, arab tiliga tegishli ba’zi boshlang’ich ma’lumotlar beriladi va ishtiqoq (so’z yasash qoidalari) bilan yakunlanadi.
Ikkinchi bob “Fe’llar bobi”dir. Bu bob fe’llar haqida umumiy ma’lumot va ularning qismlari haqida tushuncha berish bilan boshlanadi. Bob ichidagi “Fe’llarni tuslash” faslida esa, fe’l boblari emas, moziy, muzore va amr fe’llari sahih va mu’tal kesimida tushuntiriladi. Bu esa, fe’llardagi qoidalarni jamlab tushunishga yordam beradi va kamroq mavzuda ko‘p ma’lumotlarni o‘zlashtirishga olib keladi.
Uchinchi bob “Ismlar bobi”dir. Bu bob ham ismga tegishli umumiy ma’lumotlar bilan boshlanib, ishtiqoq qilingan ism mavzulari birma-bir yoritiladi. Oxirgi to‘rtinchi bobda ism va fe’lga tegishli bo’lgan qo‘shimcha sarf qoidalari haqida so‘z yuritiladi va oldingi ism va fe’llar bobida keltirilgan qoidalar jamlab yoritilib, kitobga yakun yasaladi.
Bu qo‘llanmaning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, boshqa sarf kitoblarining yutuq va kamchiliklari inobatga olgan holda yozilgan.
Bu kitobda yana bir yangilikka qo‘l urdik. Telegram messenjerida “Sarf Muallimi” deb nomlangan sun’iy intellekt bilan quvvatlangan chatbot ishga tushirdik. Bu chatbot kitobdan dars berayotgan ustozga yordamchi bo‘lishi yoki mustaqil o’rganayotgan talaba o‘zlashtirishiga ko‘maklashishi mumkin. Bu xizmatdan foydalanish uchun quyidagi link orqali o’ting:
Bu risolani tayyorlashga hissa qo‘shgan, yaqindan yordam bergan barchaga, xususan, ustozlarim va tolibi ilm do’stlarimga chuqur minnatdorlik bildiraman! Ushbu qilgan ojizona ishimiz esa, manfaatli bo‘lishi nasib etsin!
Quyida qo'llanmaning umumiy mundarijasini taqdim etamiz:
Sarf ilmiga kirish haqidagi bob Fe’llar bobiFe’llarni sarflash haqidagi fasl
Sahih
Muzoaf
Misol
Ajvaf
Noqis
Lafif maqrun
Lafif mafruq
Mahmuz
Ismlar bobi
Masdar
Muzakkar va muannas
Mufrad, musanno va jam’
Ismning yana bir taqsimoti
Ismi foil
Ismi maf’ul
Sifati mushabbaha
Ismi tafzil
Ismi zamon va makon
Ismi olat
Ism va fe’llarga tegishli bo’lgan umumiy hukmlar bobi
Iltiqous sakinayn
Qat’iy hamza imlosi
Vasliy hamza
Ibdol va e’lol
“اِفْتِعَالٌ” bobiga tegishli qoidalar
Qalb e’loli
Hazf e’loli
Sukunli qilish e’loli
Idg’om
Kitobni harid qilish uchun quyidagi linklar orqali o'ting:
O'zbekitson bo'yicha:
Dunyo bo'ylab:
Ingramspark.com (faqat AQSH uchun)👇:

Veb-saytimizga tashrif buyurib yangiliklarimizdan xabardor bo‘ling va ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating, obuna bo’ling:
Veb-sayt: www.ikromabdulahad.uz
YouTube: @ikrom_abdulahad
Telegram: @IkromAbdulahad
