IKROM ABDULAHAD
IKROM ABDULAHAD
1996-yilda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan;
2012-yil 59-sonli ixtisoslashtirilgan o’rta maktab bitiruvchisi;
2015-yil Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti qoshidagi Olmazor akademik litsey bitiruvchisi;
2021-yil “Ko’kaldosh” o’rta maxsus islom bilim yurti bitiruvchisi;
2022-yil Azhari Sharif “E’dodiy” bosqichi bitiruvchisi;
2024-yil Azhari Sharif “Sanaviy” bosqichi bitiruvchisi;
Hozirda Azhari Sharif “Usuluddin” kulliyasi talabasi.
Bir qancha mo’tabar darsliklardan ijozalar sohibi. Jumladan:
Sarf fanidan:
⁃ “Tasriful Mulukiy”;
⁃ “Sharhu Tasriful I’zziy (imom Taftazoniy)” va boshqalar.
Nahv fanidan:
- “Sharhu Qotrun Nada va Ballus Soda”;
⁃ “Sharhi Shuzuruz Zahab”;
⁃ “Al-Kofiya”;
⁃ “Alfiyatu ibn Malik”;
⁃ “Avdohul Masalik ila Alfiyatu ibn Malik”.
Balog’at fanidan:
⁃ “Al-Balog’atul Vodiha”;
⁃ “Al-Durusul Balog’a” va boshqalar.
Ijodiy ishlanmalari:
- "Sarf asoslari" kitobi muallifi;
- «Sarf fani bo'yicha fe'llarga namunalar" plakati nashrga tayyorlovchisi;
- Imom Pazdaviyning "Usuluddin" kitobi tarjimonlaridan;
- "Sarf muallimi" sun'iy intellekt chatbot agenti asoschisi.