MOZIY AJVAF FE'LI E'LOLIDAGI ULAMOLAR QARASHLARI

Barcha ajvaf moziy fe’llari zamirlarsiz bo’lganda bir xil e’lol qoida ro’y beriadi.  Ulamolar bu borasida ittifoqdirlar. Vov (و) yoki yo (ي) harakatli oldi fathali bo’lgani uchun alifga (ا) qalb bo’ladi.

قَوَلَ --> قَالَ

بَيَعَ --> بَاعَ

هَيِبَ --> هَابَ

طَوُلَ --> طَالَ

خَوِفَ --> خَافَ

Ammo bu fe’llar harakatli zamirlar bilan bo’lgan "قُلْتُ، بِعْتُ، خِفْتُ" kabi fe’llarda qanday e’lol qoidasi ro’y berishi borasida ulamolar qarashlari mavjud.

Mutaqoddim ulamolar qarashlari

A’yn (ع) barobari vov (و) va fathali fe’llar (فَعَلَ) zammaliga (فَعُلَ) naql qilinadi. A’yni yo (ي) bo’lsa kasraliga (فَعِلَ) naql qilinadi. So’ng a’yn (ع) barobaridagi harakat fo (ف) barobariga naql qilinadi va a’ynidagi harf iltiqous sakinayn sababidan hazf bo’ladi.

قَوَلْتُ --> قَوُلْتُ --> قُوْلْتُ --> قُلْتُ

بَيَعْتُ --> بَيِعْتُ --> بِيْعْتُ --> بِعْتُ

Agar fe’lning asl harakati zamma va kasra bo’lsa “فَعُلَ، فَعِلَ” boblariga naql qilmasdan, a’yn (ع) barobaridagi harakatni o’zini naql qilib so’ng hazf qilinadi.

طَوُلْتُ --> طُوْلْتُ --> طُلْتُ

خَوِفْتُ --> خِوْفْتُ --> خِفْتُ

هَيِبْتُ --> هِيْبْتُ --> هِبْتُ

Mutaqoddim ulamolar qarashlari quyidagicha izohlanadi: “فَعَلَ” vaznidagi fe’llarni “فَعُلَ” va “فَعِلَ” boblariga naql qilishdan maqsad a’yn (ع) barobaridagi harakatlar fo (ف) barobariga naql qilingandan so’ng hazf qilingan harflarga dalolat qilib turishdir.

Asli “فَعُلَ” va “فَعِلَ” bo’lgan fe’llarda esa fe’lning binosiga (بِنْيَةٌ — binya) ya’ni, a’yn (ع) barobaridagi harakatga dalolat qiladi.

“Ash-shofiya” asari muallifi Ibn Hojib (r.a)ning qarashlari

"قُلْتُ" va “بِعْتُ” kabi fe’llarni bir bobdan ikkinchi bobga olish juda uzoq ish. Chunki boblarning lafzlari va ma’nolari bir-biridan farq qiladi. Shu sababdan zamirlar bilan bo’lgan ajvaf moziy fe’llarida quyidagicha e’lol sodir bo’ladi:

Fe’llarda vov (و) yoki yo (ي) harakatli oldi fathali bo’lgani uchun alifga (ا) qalb bo’ladi va a’ynidagi harf iltiqous sakinayn sababidan hazf bo’ladi. So’ng aslda bo’lgan vov (و) va yoga (ي) dalolat qilishi uchun fo (ف) barobariga zamma va kasra evaz qilib keltiriladi.

قَوَلْتُ --> قَالْتُ --> قَلْتُ --> قُلْتُ

بَيَعْتُ --> بَاْعْتُ --> بَعْتُ --> بِعْتُ

Ammo a’yn (ع) barobari vov (و) bo’lgan kasrali “خِفْتُ” fe’lida binoning harakatiga dalolat qilishi uchun kasra evaz qilib keltiriladi.

خَوِفْتُ --> خَافْتُ --> خَفْتُ --> خِفْتُ