Uch bosqichli ishtiqoq

Sarf ilmida masdardan turli kalimalar ishtiqoq qilinishi haqida ko’pchilikka ma’lum. Ammo bu yerda biz bilishimiz kerak bo’lgan ma’lumot bor.
Ishtiqoq bir necha bosqichli bo’ladi:
- Masdardan to’g’ridan-to’g’ri ishtiqoq qilinadigan kalimalar. Bunga moziy fe’lining ma’lumi va majhuli kiradi.
- Masdardan bir vosita orqali ishtiqoq qilinadigan kalimalar. Bunga muzore fe’li kiradi. U moziy fe’li orqali masdardan ishtiqoq qilinadi. Muzore ma’lumi moziy ma’lum orqali, majhuli majhuli orqali ishtiqoq qilinadi.
- Masdardan ikki vosita orqali ishtiqoq qilinadigan kalimalar. Bunga amr fe’li, ismi zamon va makon, ismi olat kabilar kiradi. Bular muzore ma’lumdan ishtiqoq qilinadi.
IKROM ABDULAHAD