FE’L HARAKATLARIDA IKKI LUG’AT (LAHJA)NING KIRISHISHI

Fe’l harakatlarida ikki lug’at (lahja)ning kirishishi
تَدَاخُلُ اللُّغَتَينِ فِي حَرَكَاتِ الأَفعَالِ
Bismillahir rohmanir rohim
Ma’lumki, arab tilida sulosiy mujarrad fe’llar olti bobdan birida bo’ladi. Misol uchun: فَعَلَ - يَفْعِلُ، فَعِلَ - يَفْعَلُ va hakazo. Bu boblarda fe’lning moziy va muzore fe’llarida a’yn (ع) barobaridagi harf harakati bayon qilingan.
Bir fe’l qaysi bobda bo’lishi qadimgi arab qabilalarining lug’atlaridan — lahjalaridan bilinadi. Bu lahjalar fus’ha bo’lishi ham, shoz bo’lishi ham mumkin.
Ba’zi shunday fe’llar borki, moziysining harakatini bir bobdan muzoresi harakatini ikkinchi bobdan oladi. Buni “تَدَاخُلُ اللُّغَتَينِ” — ikki lug’at (lahja)ni bir-biriga kirishishi deb nomlanadi. Misol uchun رَكَنَ - يَرْكَنُ (suyanmoq) — fe’li. Bu fe’l moziysi harakati نَصَرَ - يَنْصُرُ bobidan, muzoresi esa, عَلِمَ - يَعْلَمُ bobidan olingan.