FE'L SIYG'ALARINING TARTIBI

Yuqoridagi jadvalda fe’l siyg’alari ketma-ketligi fe’llardagi lafziy o’zgarishlar tartibida keltirilgan. Ya'ni birinchi lafziy o'zgarish sodir bo'lmagan fe'llar, keyin esa lafziy o'zgarish sodir bo'ladigan, oxiri sukun bo'ladigan fe'llar keltirilgan. Bu tartib bizni yurtlarda mashxur. Bunday tartibni “Tasriful I’zziy” kitobida ko’rishimiz mumkin. Boshqa bir qancha sarf kitoblarida fe’l siyg’alari tartibi zamirlarga ko’ra beriladi. Quyida shu haqida to’xtalamiz.

 

Birinchi mutakallim zamirlar mufrad keyin jam’ ko’rinishlari keltiriladi.

“ضَرَبْتُ، ضَرَبْنَا”

Chunki mutakallim (so’zlovchi) zamirlar eng ma’rifa (أَعْرَفُ الْمَعَارِفِ) zamirlar hisoblanadi.

Ikkinchi muxotob zamirlar keltiriladi. Sababi muxotob zamirlar ma’rifalikda mutakkalim zamirlardan keyindi o’rinda turadi. Avval mufradlar muzakkar va muannas tartibida, so’ng musanno va jam’ siyg’alar ham muzakkar va muannas kesimida keltiriladi.

“ضَرَبْتَ، ضَرَبْتِ، ضَرَبْتُمَا، ضَرَبْتُمَا، ضَرَبْتُمْ، ضَرَبْتُنَّ”

Oxirgi bo’lib g’oyib zamirlar keltiriladi. Ular ham yuqoridagi tartibda keltiriladi.

“ضَرَبَ،  ضَرَبَتْ، ضَرَبَا، ضَرَبَتَا، ضَرَبُوا، ضَرَبْنَ”

Natija bunday tartibda bo’ladi: