QAT'IY HAMZA IMLOSI
Hamza (ء) — Arab alifbosining birinchi harfi. Majozan “alif” deb ham nomlanadi. Bu harfning shaklini Imom Xolil ibn Ahmad al-Farohidiy ixtiro qilgan. Bunda olim maxraji bir-biriga yaqin bo’lgan a’yn (ع) harfining bosh qismini harf uchun tanlagan.

Hamza harfining ikki turi mavjud: qat’iy va vasliy. Qat’iy hamzaning o’ziga xos imlo qoidalari mavjud. Ba’zan alif ustiga (أ), ba’zan vov ustiga (ؤ), ba’zan nabra ustiga (ئ), ba’zan satrga alohida (ء) yoziladi. Quyida ular haqida batafsil toxtalamiz.
Kalima boshida:
Qat’iy hamza kalima boshida kelsa doim alif bilan yoziladi. Misol: أَكْرَمَ، أُكْرِمَ، إِكْرَامٌ.
Kalima o’rtasida:
Qat’iy hamza kalima o’rtasida kelsa qanday yozilishida bir nechta jihatlar inobatga olinadi. Ular:
- Hamzaning harakati yoki sukunli bo’lishi;
- Undan oldingi harf yoki uning harakati.
Kalima o’rtasidagi hamzaning umumiy to’rt xil holati mavjud.
I. Sukunli hamza.
Hamza kalima o’rtasida sukunli holatda kelsa o’zidan oldingi harakatga muvofiq harf ustiga yoziladi. Fatha bo’lsa alif ustiga, zamma bo’lsa vov ustiga, kasra bo’lsa nabra ustiga: يَأْمُرُ، تُؤْمَرُ، بُرِئْتُ.
II. Kasrali hamza.
Hamza kasrali bo’lsa doim nabra ustiga yoziladi: سَئِمَ، أَسْئِلَةٌ، صَائِمٌ.
III. Fathali hamza.
Hamza kalima o’rtasida fathali bo’lsa to’rt xil ko’rinishda yoziladi:
Alif ustida:
Agar oldi fathali bo’lsa: سَأَلَ
Sahih sukunli harfdan keyin kelsa: يَسْأَلُ
Satrda:
Alif harfidan keyin kelsa: تَسَاءَلَ
Vovdan keyin kelsa: وُضُوءَهُ
Nabra ustida:
Sukunli yodan keyin kelsa: هَيْئَةٌ
Sukunli sahih harfdan keyin kelib, o’zidan keyin alif kelsa: دِفْئَانِ، دِفْئًا
Vov ustida:
Zammadan keyin kelsa: سُؤَالٌ
IV. Zammali hamza.
Hamza kalima o’rtasida zammali bo’lsa uch xil ko’rinishda yoziladi:
Vov ustida:
Sukundan keyin kelsa: مَسَاؤُهُ، أَفْؤُسٌ،
Fathali harfdan keyin kelsa: أَؤُلْقِيَ، يَقْرَؤُهُ
Zammali harfdan keyin kelsa: يَوْضُؤُونَ
Satrda:
O’zidan oldin vov o’tsa: ضَوْءُهُ
O’zidan keyin vov kelsa: مَرْءُوسٌ، دَءُوبٌ
Nabra ustida:
Oldida kasra bo’lsa: مِئُونٌ
Oldin sukunli yo o’tsa: شَيْئُكَ
Kalima oxirida:
Qat’iy hamza kalima oxirida oldidagi harf harakatli yoki sukunli bo’lishiga qarab satrda yoki harf ustida yoziladi.
Satrda:
Hamzadan oldingi harf sukunli bo’lsa: مَاءٌ
Harf ustida:
Hamzadan oldingi harf harakatli bo’lsa o’sha harakatga muvofiq harf ustiga yoziladi: مَلْجَأٌ، تَبَاطُؤٌ، مَوَانِئٌ
Quyidagi jadvalda qat'iy hamza qatnashgan so'zlarga misollar berilgan. Jadvalning ustunlari kesimida hamzaning harakatiga ko'ra misollar taqsimlangan. Qatorlari hamzadan oldingi harf yoki uning harakati qanday ekaniga ko'ra misollar taqsimlangan.
