LUG'AT YODLA

Arab tilini o'rganishda eng muhim ishlardan biri bu so'zlar bilan do'stlashishdir. Bir qarasang, so'z yodingda. Ertasi kuni esa xira tortib qoladi. Shunda oddiy ro'yxat yetmaydi. So'z bilan qayta-qayta uchrashtiradigan, uni test qiladigan, jumla ichida ko'rsatadigan kichik yordamchi kerak bo'ladi.

Shu fikr bilan Lug'at yodla loyihasini qurdik.

Ilova arabcha so'z va jumlalarni bosqichma-bosqich yodlashga yordam beradi. Har bir bosqichda avval so'zlar bilan tanishasiz, keyin ularni mashqlar orqali mustahkamlaysiz. Arabchadan o'zbekchaga, o'zbekchadan arabchaga testlar, jumla tuzish topshiriqlari va takrorlash bo'limlari orqali o'rganilgan bilim xotirada sekin-asta mustahkamlanib boradi.

Ilovada og'zaki mashqlar ham bor. Chunki til faqat o'qish bilan emas, aytish va eshitish bilan ham o'rganiladi. Arabcha so'z va jumlalarni ovoz chiqarib mashq qilish o'rganishni yanada jonli qiladi.

Loyiha web ilova sifatida ishlaydi, lekin uni Telegram ichida ham ochish mumkin. Telegram bot orqali ilovaga tez kirib, o'rganishni davom ettirish mumkin. Progress saqlanadi, bosqichlar ochilib boradi, xatolar esa keyingi mashqlar uchun foydali eslatma bo'lib qoladi.

Bu loyiha hali yo'lning boshida. Lekin uning maqsadi aniq: arab tilini o'rganayotgan odamga lug'at yodlashni tartibliroq, osonroq va zavqliroq qilish.

Loyiha sayti: https://lugat-yodla.netlify.app

Telegram bot: https://t.me/Lugatyodla_bot